AsosiyJamiyat

Oliy ta`lim tizimida byudjet mablag`lari sarfida qonunbuzilish holatlariga izoh berildi

'Oliy ta`lim tizimida byudjet mablag`lari sarfida qonunbuzilish holatlariga izoh berildi'ning rasmi

Bugun, 1 fevral kuni AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig`i Salohiddin ToshmatovOliy ta`lim tizimida byudjet mablag`lari sarfida qonunbuzilish holatlariga izoh berdi.

«Maqsadsiz xarajatlar bo`yicha oliy ta`lim tizimida 5 milliard so`m miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Biz vazirlikda tegishli boshqarmalar mutasaddilari bilan mazkur masalani tahlil qildik.

Davlat moliyaviy nazorat departamenti va prokuratura organlari bilan hamkorlikda 306 ta ta`lim muassasasi o`rganildi. Hisobotda 14 ta oliy ta`lim muassasasi, 4 ta akademik lisey, 3 ta hududiy kasb-hunar va 285 ta o`rta maxsus ta`lim muassasasida aniqlangan holatlar ko`rsatib o`tilgan.

Byudjet tashkilotidagi tegishli moliyaviy bo`limning xodimlari har yili jadval asosida Moliya vazirligining o`quv kurslarida o`qitilyapti. Lekin shunga qaramasdan, salbiy holatlar uchrab turibdi.

Oliy ta`lim tizimidagi bosh auditorlar muassasadagi birinchi rahbar boshchilik qiladigan tarkibiy bo`linmadan chiqarildi. Bu ularning faoliyati mustaqil va xolisona bo`lishini ta`minlaydi.

Boshqa yangiliklar