Davlat rahbari raisligida bo`lib o`tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig`ilishida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy okruglar qo`mondonliklariga maktablarni otaliqqa biriktirish vazifasi qo`yilgandi.
Belgilangan topshiriq ijrosi yuzasidan Davlatobod tumanidagi 52-umumiy o`rta ta`lim maktabida yig`ilish bo`lib o`tdi. Bu haqda Namangan viloyat xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda viloyat va tumanlardagi mudofaa ishlari, xalq ta`limi bosharmasi boshliqlari, otaliqqa olingan maktablar direktorlari va ularning o`rinbosarlari, ChQBT rahbarlari qatnashdi. Tadbirda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig`i Elmurod Xadjiaxmatov, viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i Rustamjon Israilov co`z olib, maktablardagi ta`lim-tarbiya, tartib-intizom, vatanparvarlik yo`nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish, o`quvchi-yoshlarda vatanparvarlik hissini yuksaltirish kabi masalalarga e`tibor qaratdilar.Barcha tumandan belgilangan bittadan maktab tuman va shahar mudofaa ishlari bo`limlariga biriktirildi. Harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf darslarini yo`lga qo`yish, Qurolli Kuchlar tizimida yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda maktablardagi uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o`rgatish, davomat, ta`lim sifati va samaradorligi bo`yicha ishlarni tashkil etish vazifasi belgilandi. Vatanparvarlik oyligida faol ishtirok etgani uchun Davlatobod tumanidagi 52-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori Mavluda Sotvoldieva, To`raqo`rg`on tumanidagi 40-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori Akramjon Xolmirzaevlarga Mudofaa vazirligining faxriy yorlig`i va esdalik sovg`alari topshirildi. Tadbir so`nggida ta`lim muassasasida tashkil etilgan harbiy texnikalar ko`rgazmasi namoyish qilindi.
Mavzuga doir:
Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Chortoqda ikki xonadan iborat maktab borligini tan oldi






