2021 yil 1 fevral kuni fuqaro J.Sh. soat 09:00 larda Turon ko`chasida joylashgan savdo do`koni oldida qarovsiz qoldirilgan fuqaro M.D.ga tegishli “Gentra” rusumli avtomashinasini ochib, avtomashina salonini titkilayotgan vaqtida jabrlanuvchi tomonidan hodisa joyida ushlangan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 1-qismi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, unga ularga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.