1

Bektemir tumanida giyohvand modda va pnevmatik qurol olib ketayotgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 09.02.2021, 17:51
Teglar: IIB, Bektemir tumani
Bektemir tumanida giyohvand modda va pnevmatik qurol olib ketayotgan shaxs qo`lga olindi

2021 yilning 24 yanvar kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashagan “Sharq” YPX maskaniga tungi xizmatga jalb etilgan, Toshkent shahar Kinologiya xizmati IIBB YPX 1-batalon inspektori, IIBB PPX 1-batalon xodimlari tomonidan soat 19:35 larda, Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga qarab, harakatlanib kelayotgan “Matiz” rusumli avtotransport vositasi to`xtatilgan. Bu haqda IIV PPX va Jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, haydovchining hujjatlarini tekshirish jarayonida 1983 ylda tug`ilgan Toshkent viloyati, Bo`stonliq tumanida yashovchi fuqaro F.Mning egnidagi qora rangli kurtkasining ichki cho`ntagidan gugurt qutisi ichida 1,18 gramma “marixuana” giyohvand moddasi (IIBB EKMning xulosasi) borligi va avtoulovning yuk xonasidan pnevmatik qurol borligi aniqlangan.

Yuqoridagi holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro F.M. Toshkent shahar Bektemir tuman IIO FMBga olib borib topshirilgan.

Sharhlar

"Haddingni bilib yur, bilmasang, bildirib qo`yaman". Yakkabog` tumani IIB mulozimining xodimga qilgan do`q-po`pisasi bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

07.12.2022, 11:47

Yakkabog` tuman IIB boshlig`i birinchi o`rinbosari qo`l ostidagi xodimga qo`pol munosabatda bo`lgani aks etgan video tarqalmoqda.Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB matbuot xizmati izoh berdi. Ma`lum...
Toshkentda IIB xodimining o`ldirilishi ayol kishi bilan bog`liqmidi? Shov-shuvlarga oydinlik kiritildi

03.12.2022, 11:21

Sal avval Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirilgani xabar qilingan edi. Ayrim OAVlarda Toshkent shahri Olmazor tumanida vafot etgan profilaktika inspektori...
Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTHga uchrab halok bo`ldi. U nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan (video)

12.10.2022, 12:03

Jizzaxda nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan IIB xodimi avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Uchtepa"...
Andijonda zo`ravonlar yigitni echintirib videoga olishdi

31.08.2022, 18:40

Joriy yilning 17 avgust kuni «Telegramm» ijtimoiy tarmog`i orqali fuqaroga uyatsiz mazmunidagi xabarlarni yozib, uni aldov yo`li bilan Shahrixon tumani hududiga tungi vaqtda chaqirib, ushbu...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1