Ayni paytda Namangan viloyat hokimligida Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida bo`lib o`tayotgan xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida ko`rilgan eng muhim masalalardan biri Namangan viloyati hokimini tayinlash haqida bo`ldi, deya xabar qilmoqda sessiyada ishtirok etayotgan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Prezident Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqovni viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
“Hokim tayinlash ham, hokim bo`lish ham oson emas. Agar yoshlar ichidan “men eplayman” deb chiqsa ham, men ko`rib chiqishga tayyorman ”, - dedi davlat rahbari.
Sessiyada so`zga sizga chiqqan yoshlar vakillari, deputatlar va faxriylar Shavkat Abdurazzoqov haqida iliq fikrlar bildirishdi va Xalq deputatlari viloyat Kengashida bir ovozdan Namangan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Abdurazzoqov viloyat hokimi lavozimiga saylandi.
Mavzuga oid:
Namangan shahar rahbarlarining ishda qolish-qolmasligi bugun Prezidentning ko`radiganlariga bog`liq
Alisher Usmonov o`z hisobidan O`zbekistonga 500 ming vaksina olib beradi
Davlat rahbari Toshkentda Prezident universiteti tashkil etilishini ma`lum qildi
Endi asfalt yo`llar sifatini deputatlar baholaydi – Prezident topshirig`i