2021 yil 31 dekabrga qadar namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirilishi kerak. Bu haqda kecha, 20 fevral kuni Adliya vazirligi vakili AOKAda bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi.
Buning uchun fuqarolardan fuqarolik pasporti, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni talab qilinadi.
Haydovchilik guvohnomalarini Davlat xizmatlari markazlari yoki markazda bunday xizmat mavjud bo`lmagan hududlarda YHXBning tegishli bo`linmalarida yangisiga almashtirish mumkin.
Eski guvohnomani yangisiga almashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (hozirda 171 500 so`m) miqdorida to`lov undiriladi.
Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yil 1 yanvargacha haqiqiy hisoblanadi.
Eski guvohnoma bilan avtotransport vositasini boshqargan shaxslarga nisbatan ma`muriy javobgarlik chorasi qo`llaniladi.
Shuningdek, yangi namunadagi guvohnoma egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomini beradi.