"Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida"gi Qonunga muvofiq vafot etgan boquvchining qaramog`ida bo`lgan mehnatga layoqatsiz oila a`zolari boquvchisini yo`qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo`ladi.
Quyidagilar mehnatga layoqatsiz oila a`zolari hisoblanadi:
- bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar
- 16 yoshga to`lmagan yoki 16 yoshdan katta bo`lsa ham, shuningdek, 16 yoshgacha bo`lgan nogironligi mavjud shaxslar;
- ota, ona, o`gay ota, o`gay ona, xotin, er, shuningdek, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to`lgan yoki nogiron bo`lsalar;
- yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat`iy nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta`tilda bo`lish huquqini beradigan yoshga to`lgunga qadar boqish bilan mashg`ul bo`lsa va ishlamasa;
- buva va buvi agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo`lgan kishilar bo`lmasa.
- ️O`quvchilar 18 yoshga to`lgunga qadar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.
️Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo`lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar.
Boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi — pensiya olish huquqi paydo bo`lgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan e`tiboran tayinlanadi.
Qonunning 19-moddasiga muvofiq marhumning oila a`zosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun erkaklar — 60 yoshga, ayollar — 55 yoshga to`lgan a`zolari uchun esa umrbod tayinlanadi.