O`zbekiston Respublikasining 1999 yil 14 apreldagi “Xotin qizlarga qo`shimcha imtiyozlar to`g`risida”gi 760-son Qonuniga asosan 1999 yil 1 iyuldan O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risida”gi Qonunning 12-moddasiga 20 yillik mehnat stajiga ega bo`lgan ayollarga 54 yoshdan imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash to`g`risida qo`shimcha kiritilgan va amaliyotga joriy qilingan. Bu haqda Pensiya jamg`armasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, davlatimiz tomonidan ayollarga bo`lgan e`tibor kuchaytirilishi natijasida 1999 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 martga qadar 457 000 nafardan ortiq ayollarga 54 yoshdan imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiya tayinlangan.
Shundan, 1999 yilda 4960 nafar, 2000 yilda 10 125 nafar, 2001 yilda 10 857 nafar, 2002 yilda 10 201 nafar, 2003 yilda 11 497 nafar, 2004 yilda 12 955 nafar, 2005 yilda 14 062 nafar, 2006 yilda 14 832 nafar, 2007 yilda 14 867 nafar, 2008 yilda 16 774 nafar, 2009 yilda 18 736 nafar, 2010 yilda 22 305 nafar, 2011 yilda 18 866 nafar, 2012 yilda 20 059 nafar, 2013 yilda 19 354 nafar, 2014 yilda 22 163 nafar, 2015 yilda 31 554 nafar, 2016 yilda 33 485 nafar, 2017 yilda 34 507 nafar, 2018 yilda 36 702 nafar, 2019 yilda 37 320 nafar, 2020 yilda 35 584 nafar va 2021 yil yanvar-fevral oylarida 5 261 nafar ayollarga 54 yoshdan imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiya tayinlangan.
Dunyo va MDH davlatlarining pensiya qonunchiligida ayollarga 54 yoshdan imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiya tayinlash nazarda tutilmagan.