Avvalroq Toshkent shahri hududida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigena tartib qoidalariga aholi tomonidan to`liq rioya etilishini nazoratga olish bo`yicha mas`ullarga topshiriq va ko`rsatmalar berilgani haqida xabar qilingandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig`i Malika Qudratxo`jaevaning qayd etishicha, poytaxtda o`quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlari orasida kasalliklar aniqlanmoqda. Shu sabab joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi.
«Tekshiruvlar natijasi shuni ko`rsatdiki, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko`paygan. Ayniqsa, maktab o`quvchilari orasida, talabalar orasida, tashkilot-muassasalar xodimlari orasida ko`paygani kuzatildi. Bu esa aholi tomonidan, tashkilot va muassasalar tomonidan karantin choralariga amal qilinmayotganini ko`rsatadi. Ya`ni o`lchov vositalaridan foydalanmaslik, kasal bo`lishiga qaramasdan ish va o`qishga borib, boshqalarni xavfga qo`yish holatlari kuzatilmoqda.
Aholi o`rtasida kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida qator tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar o`tkazilishi boshladi.
Shu kunlarda Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlaridan iborat guruhlar tuzilib, bozorlarda, umumiy ovqatlanish muassasalarida, tashkilot va muassasalarda karantin talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat olib borishi yana yo`lga qo`yildi», — dedi boshqarma boshlig`i Malika Qudratxo`jaeva.