Joriy yilning 15 mart kuni soat taxminan 11.00 da Yangiyo`l shahri, “Mevazor” mahallasi, Samarqand ko`chasida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan Bahodirov Bobur Ibrohim o`g`li, uyidan ko`chaga chiqib, qaytib kelmagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Bahodirov Boburning alohida belgilari: bo`yi 170-175 sm, gavda tuzilishi o`rtacha, sochlari kalta va qora rangda, qoshlari qalin, ko`zlari qora.
Shu kuni u, qora kurtka, kulrang qalin jemper, jinsi shim, qora krossovkada bo`lgan.
"Hurmatli fuqarolar! Agar siz Bahodirov Bobur haqida biror bir ma`lumotga ega bo`lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo`limiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so`rab qolamiz",–deyiladi IIBB xabarida.