AsosiyJamiyat

Musiqa maktablari nima uchun pulli? To`lov imkoniyati yo`q o`quvchilar musiqa o`rganolmaydimi? Savolga Ozodbek Nazarbekov izoh berdi

'Musiqa maktablari nima uchun pulli? To`lov imkoniyati yo`q o`quvchilar musiqa o`rganolmaydimi? Savolga Ozodbek Nazarbekov izoh berdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyovning Toshkent viloyatiga tashrifi davomida davlat rahbariga madaniyat yo`nalishida taqdimot qilgan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga mana shunday savollar bilan yuzlandik.

Uning aytishicha, musiqa maktablarida faoliyat yuritayotgan o`qituvchilar o`quvchilar to`laydigan badal pulidan oylik olishadi, ya`ni markaziy byudjetdan moliyalashtirilmaydi. 

Bu to`garak sifatidagi ta`lim – majburiy ta`limga kirmaydi. Musiqa maktablari kecha pulli bo`lib qolgan emas. Azaldan to`garak shaklida bo`lgani uchun pulli bo`lishi tabiiy. Bu g`ayri oddiy holat yoki bir yangilik emas. Bu – ixtiyoriy ta`lim”, - deydi Ozodbek Nazarbekov. 

ISTE`DODI BOR, LEKIN TO`LOV IMKONIYaTI YO`Q O`QUVChILAR-ChI?

— Musiqa maktablarida kam ta`minlanganlar va iqtidorli o`quvchilar uchun maktab quvvatining 25 foizi miqdorida bepul ta`lim olish bo`yicha kvotalar ajratiladi. Mana shu imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Ya`ni xozirda mavjud musiqa maktablarimiz 100, 150 va 300 nafar o`quvchilarni qamrab olayotgan bo`lsa, shularning 25 foizi aynan shu toifadagi o`quvchilarni qamrab oladi.

EChIM!

Yuqoridagidek e`tirozlarni hisobga olgan holda, Xalq ta`limi bilan birgalikda biz o`quv-qo`llanma ishlab chiqyapmiz. Ya`ni shu qo`llanmani olgan o`quvchi milliy cholg`u asboblarini chalishni uyida, musiqa maktablariga qatnamasdan, mustaqil ravishda maxsus QR-kodlar orqali o`rganishi mumkin bo`ladi. Xozircha rubob cholg`u asbobi bo`yicha dasturni ishlab chiqqanmiz. Bu dasturni Prezidentimizga ham taqdim qildik va u kishi dasturimizni ma`qulladilar. U ishga tushish bilan nafaqat o`quvchilar, balki cholg`u asboblarini chalishni o`rganish istagidagi istalgan kishi foydalanishi mumkin bo`ladi”, - deydi madaniyat vaziri.

 

Sardorbek Rahmonqulov

 

 

    Boshqa yangiliklar