AsosiyJamiyat

Bugungi bayramni haqiqiy bahor havosi ostida nishonlaymiz

'Bugungi bayramni haqiqiy bahor havosi ostida nishonlaymiz'ning rasmi

Sinoptiklarning ma`lum qilishlaricha, 21 martda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ertalab ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlari bo`yicha kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliqgacha ko`tariladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliqni tashkil etadi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. 

    Boshqa yangiliklar