IIV TXTBB Toshkent shahri aeroportlarida XTB TEQKB xodimlari tomonidan olib borilayotgan tezkor-surishtiruvlar natijasida, “Sankt-Peterburg-Toshkent” yo`nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 2000 y.t. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xo`jayli tumanida ro`yxatda turuvchi X.F. bilan profilaktik suhbat olib borildi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
U RFda ishlashi davomida terrorchilik tashkiloti yollovchilarining ta`siriga tushib, ularning g`oyalarini qo`llab-quvvatlab, o`ziga tegishli bo`lgan “Xiaomi” hamda “Samsung” smartfonlari xotirasida norasmiy diniy tashkilotlarga taalluqli bo`lgan materiallarni saqlab, yaqin tanishlariga ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib kelganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan X.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






