Mamlakatimiz hududida koronavirusning keng tarqalishi va keskin epidemiologik holat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida ba`zi choralar belgilandi. Bu haqda SSV Axborot xizmati xabar berdi.
Xususan, joriy yilning 25 martidan boshlab:
- kasallik klinik belgilarsiz yoki engil shaklda kechayotganligi sabab uy sharoitida davolanayotgan bemorlar salomatligi nazorati va davolanishini tashkil etish maqsadida zarurat bo`lgan hududlar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida mobil brigadalar faoliyatini qayta yo`lga qo`yiladi.
- Karantin cheklovlarini va sanitariya-epidemiologik talablarni buzayotgan fuqarolar belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi, shu jumladan, ushbu holatlarga yo`l qo`ygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qat`iy choralar ko`rilishi belgilandi.
O‘zbekistonda tibbiy niqobdan foydalanish bo‘yicha nazorat kuchaytirildi — SSV






