AsosiyJamiyat

Prezident Farg`ona, Namangan va Chirchiq shaharlari sektor rahbarlari haqida gapirdi

'Prezident Farg`ona, Namangan va Chirchiq shaharlari sektor rahbarlari haqida gapirdi'ning rasmi

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan videoselektorda Prezident “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari “bir martalik ish”ga aylanib qolmasligi, qilingan har bir so`m investisiya, odamlarǵa uch baravar ko`p foyda keltirishi, ularning daromadini oshirishi lozimligini ta`kidladi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri.

Shu o`rinda hamma rahbarlar ham bu masalalarni tushunib etmayotgani tanqid qilindi. 

Farg`ona, Namangan va Toshkent viloyatlari mahallalaridagihaqiqiy holat buning aḱsi ekanini ko`rsatdi. Shu sababli, Farg`ona va Namangan shaharlarining 4 ta sektor rahbari ishdan olindi. Toshkent viloyati va Chirchiq shahri sektor rahbarlariga vaziyatni yaxshilash bo`yicha muddat berildi. O`zgarish bo`lmasa, ularga ham chora ko`riladi”, - dedi davlat rahbari.

Lekin bu kabi kamchiliklar barcha hududlarda mavjud. Keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra:

  • bugungi kunda respublikada eng og`ir ahvolga tushib qolgan 796 ta qishloq va 188 ta shahar mahallalari mavjud;
  • 137 ta mahalladagi 431 ta ikki qavatli uylar avariya holatida;
  • 4 mingdan ziyod mahallaning elektr ta`minoti qoniqarsiz ahvolda.

Shuningdek, Prezident topshirig`iga ko`ra, 206 ta tuman va shahar hokimlari, yo`l, elektr, kommunal xizmat va tadbirkorlikka mas`ul rahbarlar bilan birma-bir gaplashilib, qishloq va mahalla aholisi bilan maslahat qilinib, 8 mingta mahallada bajarilishi lozim bo`lgan aniq ishlar belgilab olingan.

Yig`ilish davom etmoqda.

Mavzuga doir:

"Ichki yo`llari qorong`u, 9 mingdan ortiq ishsiz, maktab, suv, elektr..." Prezident Payariq tumani muammolarini tilga olib o`tdi
 

Haqiqiy obod mahallada “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo`lmasligi lozim — Prezident

 

 

    Boshqa yangiliklar