Bugungi Prezident videoselektorida so`zga chiqqan Energetika vaziri Alisher Sultonov Davlat rahbarining “Bu yil kuz-qish mavsumi nima bo`ladi?” - degan savoliga javob berib, qo`shni davlatlar bilan hamkorliklarni tiklash evaziga nafaqat kuz-qish mavsumlarida, balki, yozgi mavsumda ham elektr-energiya ta`minoti muammolarining ijobiy hal bo`lishiga va`da berdi. Bu haqda “Darakchi” muxbiri xabar qilmoqda.
“O`zimiz uchun kuz-qish mavsumini unutdik. Bizlarda endi doimiy mavsum. Bizda elektr energiya ta`minoti bo`yicha yozda ham ko`p yuklanishlar bo`lyapti. Sentyabrgacha Tojikiston bilan uzilgan tarmoqlarni tiklaymiz. Huddi shunday Qirg`iziston, Qozog`iston va Turkmaniston bilan ham”, - dedi Energetika vaziri.
Shuningdek, Alisher Sultonov mustaqillikdan so`ng o`tgan 25 yil davomida 9 ming 300 km elektr tarmoqlari, 4800 ta transformatorlar yangilangan bo`lsa, o`tgan so`ngi 4 yilda 25 ming km elektr va 8 ming 900 ta engil transformatorlar o`rnatilgan, bu yil esa 15 ming km elektr va 4 ming dona transformatorlar o`rnatilgani bo`yicha ma`lumotlarni keltirib, qilingan ishlarni taqqosladi.
Shuningdek, davlat rahbari gaz ta`minotidagi yangilanishlarga ham to`xtalib o`tdi:
“1958 yilda qurilgan hamma trubalarni almashtiramiz. Bu trubalar juda yupqalashib, gaz ko`tarilsa. Jiddiy muammolarngi keltirib chiqarmoqda. Trubalarni almashtirishda davlat-sherikligi asosida ishlarni tashkil qilamiz. Bu jahon tajribasida bor va biz ham sekin-sekin joriy qilamiz. Agar elektr va gaz bo`lmasa, u qanday “Obod qishloq” bo`ladi?” – dedi Prezident.
Mavzuga doir:
Haqiqiy obod mahallada “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo`lmasligi lozim — Prezident
Prezident Farg`ona, Namangan va Chirchiq shaharlari sektor rahbarlari haqida gapirdi
Ochilboy Ramatov 30 trillion so`mlik loyihalar ijrosiga javob beradi
“Endi byudjet mablag`i talon-taroj bo`lsa, prokurorlar ham javobgar bo`ladi” - Prezident
Og`riqli muammolar: elektr, suv va yo`l infratuzilmalari bo`yicha yaxshi yangiliklar bor!