1

Navoiyda chiqindi yig`uvchi 48 yoshli fuqaroni 32 yoshli tanishi urib o`ldirdi

Jinoyat 25.03.2021, 09:31
Navoiyda chiqindi yig`uvchi 48 yoshli fuqaroni 32 yoshli tanishi urib o`ldirdi

Navoiy viloyati Karmana tumanida spirtli ichimlik iste`mol qilish oqibatida kelib chiqqan o`zaro janjal ayanchli yakun topdi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati rahbari O`ktam Usmonovga asoslanib xabar bermoqda viloyat muxbirimiz Shiringul Asoeva.

Ma`lum bo`lishicha, kecha, 24 mart kuni Karmana tumanida yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan R.I. mast holda bo`lgan tanishi, 1989 yilda tug`ilgan R.M. tomonidan og`ir tan jarohati etkazilganligi sababli vafot etgan. 

Karmana tumani Alisher Navoiy mahallasida viloyat prokuroturasi, viloyat IIB, tuman sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida ushbu mudhish hodisa tanqidiy muhokama qilindi. Unda aksariyat mahallalarda qo`ni-qo`shnilar, qarindosh urug`larning atrofida bo`layotgan voqea-hodisalarga befarqlik bilan qarab, ko`rib-ko`rmaslikka olishi, jinoiy holatlarga tomoshabin bo`layotganliklari keskin qoralandi. Muhokamada ishtirok etgan fuqarolar ham o`z mahallalarida yuz bergan mudhish voqea bo`yicha munosabatlarini ochiq-oydin bayon etdilar. 

Mazkur mahalla raisi hamda inspektorining aytishicha, xonadonda nosog`lom muhit mavjudligi, muntazam ravishda  chiqindi va makalatura oldi-sotdisi bilan shug`ullanganligi hamda uyida bir qancha makalatura topshiradiganlar qo`nim topib ichkilik ichib mast holda yurganligi sababli  bir necha bor profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Xonadon egasi esa kasalligini bahona qilib pul topishni boshqa iloji yo`qligini aytib kelgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan Karmana tumani ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov bo`limi tomonidan R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1