AsosiyJinoyat

Zangiota tumanida YPX xodimi mashinada "otvyortka" borligi uchun bayonnoma rasmiylashtirdi

'Zangiota tumanida YPX xodimi mashinada "otvyortka" borligi uchun bayonnoma rasmiylashtirdi'ning rasmi

️Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi avtomobilda otvyortka borligi uchun dalolatnoma tuzdi" sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.

️Joriy yilning 23 mart kuni soat 23:00 larda, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Tokzor MFY hududida joylashgan blok-postda xizmat olib borgan YPX xodimi J.Iskandarov tomonidan "Spark" rusumli avtomobil to`xtatilgan.

️Xolislar ishtirokidagi tekshiruv davomida XPB TP profilaktika inspektori A.Almanov tomonidan avtomobilda mavjud bo`lgan otvyortka o`tkir tig`li vosita deya hisoblanib tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

️"Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda"  deb yoziladi xabarda.  

    Boshqa yangiliklar