Bugun, 25 mart kuni AOKA binosida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini joriy yilda amalga oshirish masalalariga bag`ishlab o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida qo`yilgan vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.
Tadbirda ishtirok etgan "Darakchi.uz" muxbiri Moliya vazirligi departament direktorining birinchi o`rinbosari Bobir Xudayberganov so`zlarini keltirmoqda.
"Ajratilayotgan mablag` — yirik mablag`. Shu bois uning sarflanishida shaffoflikni ta`minlash ham asosiy masala hisoblanadi.
Bu yilgi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarining oldingilaridan farqi — qaysi qishloq yoki mahallani obodonlashtirish ishlarini olib borish bevosita mahalliy kengashlar tomonidan belgilanadi.
Chunki deputatlar hududlardagi muammolarni yaxshi biladi. Qaysi muammoni qanday va qancha mablag` evaziga hal etishni ham ular yaxshi bilishadi. Shaffoflik shu tizim orqali shakllanadi.
Ushbu mablag`lar sarflanishi bo`yicha jamoatchilik nazorati o`rnatiladi. Hokim o`rinbosarlari har oy va chorak yakuni bo`yicha jratilgan mablag`larning sarflanishi haqida hisobot berib boradilar".