AsosiyJamiyat

Samarqandda 79 yoshli fuqaro qidiruvga berildi

'Samarqandda 79 yoshli fuqaro qidiruvga berildi'ning rasmi

Narpay tuman “Ipak yo`li” mahallasida yashagan 1942 yilda tug`ilgan Karim Ataqulov qidirilmoqda. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, K. Ataqulov shu yilning 21 martida ertalab soat 7:00 da yashash uyidan noma`lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.

Alohida belgilari: bo`yi 170-175 santimetr, sochlari oq – kalta qilib oldirilgan. Ko`zlari qora, ikki qo`lining kaft qismida oq dog`lari bor. O`ng qo`lining bilak qismida singan joyi va o`ng oyog`ining tizza sohasida chandig`i bor.

K. Ataqulovni ko`rgan-bilgan yoki u haqda biror ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolar tuman ichki ishlar bo`limining (0366) 231-98-11,  (0366) 443-11-99, (+99893) 999-22-10. telefon raqamlariga murojaat qilishlari so`raladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar