AsosiyJamiyat

Konservatoriyada ham koronavirusga chalinganlar aniqlandi. OTM masofaviy ta`limga o`tdi

'Konservatoriyada ham koronavirusga chalinganlar aniqlandi. OTM masofaviy ta`limga o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston davlat konservatoriyasining 4 nafar professor-o`qituvchilarida hamda 1 nafar talabada COVID-19 kasalligi aniqlandi. 

Ayni vaqtda bemorlar o`z uylarida shifokorlar nazorati ostida davolanmoqdalar.  

Kasallik tarqalishini  oldini olish maqsadida o`quv jarayonlari 2021 yil 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) masofaviy shaklda tashkil etiladi.

O`zDKda o`quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo`yicha zaruriy sharoitlar yaratilgan bo`lib, dars jarayonlari ZOOM videoaloqa dasturi orqali belgilangan dars jadvali asosida o`tiladi.

Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent transport universitetining Aviasiya transporti muhandisligi fakulteti 3-kurs talabasida COVID-19 aniqlangani bois ushbu fakultet talabalari ikki haftalik masofaviy ta`limga o`tkazilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Inha universiteti talabasida ham koronavirus aniqlangan edi va bu OTM ham onlayn ta`limga o`tgani aytilgan. Shuningdek,  Toshkent moliya institutida ham o`qish onlaynga o`tkazilgan. 

    Boshqa yangiliklar