Toshkent Islom akademiyasida 14 kunlik karantin e`lon qilindi. Ya`ni, bugun, 26 martdan 6 aprelga qadar o`quv jarayoni masofaviy ta`limga o`tkazildi.
Shuningdek, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida ham ta`lim jarayonlari to`liq onlayn ta`limga o`tkazildi.
Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent transport universitetining Aviasiya transporti muhandisligi fakulteti 3-kurs talabasida COVID-19 aniqlangani bois ushbu fakultet talabalari ikki haftalik masofaviy ta`limga o`tkazilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Inha universiteti talabasida ham koronavirus aniqlangan edi va bu OTM ham onlayn ta`limga o`tgani aytilgan. Shuningdek, Toshkent moliya institutida va O`zbekiston davlat konservatoriyasida ham o`qish onlaynga o`tkazilgan.






