1

Spirtli ichimlik ichib avtotransport boshqargan shaxs inspektorga pora taklif qildi

Jinoyat 27.03.2021, 10:09
Spirtli ichimlik ichib avtotransport boshqargan shaxs inspektorga pora taklif qildi

17 mart kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Taxiyotosh tumanida yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash maqsadida o`tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida shu tumanda yashovchi, A.Yu. avtotransport vositasini sportli ichgan holda boshqarib kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Fuqaro A.Yu. sodir etgan qoidabuzarligi bo`yicha o`ziga nisbatan chora ko`rmaslik evaziga,  Qoraqalpog`iston Respublikasi, Taxiyotosh tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektor kapitan A.Bekbosnovga 5.000.000 (besh million) so`m pullarni pora tariqasida berishini taklif qilgan. Voqeaning tavsilotlari haqida Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Holat yuzasidan, kapitan A.Bekbosnov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mazkur bildirgiga asos, joriy yilning 25 mart kuni,  O`zbekiston Respublikasi IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi bo`yicha bo`limi, O`zbekiston Respublikasi  Bosh Prokuraturasining  Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi hamda tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Taxiatosh tumani IIB yo`l harakati xavfsizligi guruhi davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektor kapitan A.Bekbosnovning xizmat xonasida fuqaro, A.Yu. o`ziga nisbatan chora ko`rmaslik evaziga taklif qilgan puldan ortiq miqdordagi 6.000.000 (olti million) so`m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan, Taxiyotosh tumani prokuraturasi tomonidan, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1