AsosiyJinoyat

Surxondaryoda fermer “Amuzang” kanalining qirg`og`idagi er maydonini sotayotgan vaqtda ushlandi

'Surxondaryoda  fermer “Amuzang” kanalining qirg`og`idagi er maydonini sotayotgan vaqtda ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “S.S.” fermer xo`jaligi rahbari Ch.O`. fuqaro M.ga “Amuzang” kanalining qirg`oq bo`yi muhofaza hududiga qarashli 50 sotix er maydonini 75 mln so`m evaziga uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirib, oldindan 35 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Ch.O`.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar