O`zbekiston fuqarosi, 1992 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan Ximmatov Fatxullo Urin o`g`li qidirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2016 yilda Turkiya Respublikasiga ishlash maqsadida kelgan va shu kunga qadar Istanbul shahri Fotix tumanida joylashgan Kapalli Chorsu bozoridagi do`konlarda sotuvchi bo`lib ishlagan Ximmatov Fatxullo oxirgi martda 2021 yil 3 mart kuni uyidagilari bilan gaplashgan.
"U haqida biror ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan Istanbuldagi Bosh konsulxonaga yoki Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Istanbuldagi vakiliga +90 (212) 323-20-37 raqami orqali zudlik bilan xabar berishlari so`raladi",– agentlik axborotida.