O‘zbekiston va Vengriya prezidentlari ikki davlat munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish vazifalarini muhokama qilishgani haqida xabar bergan edik.
Muzokaralar davomida 2021 yilda Toshkentda Debresen universiteti ish boshlashi ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, 2021-2022 o`quv yilida o`zbekistonlik talabalar uchun Vengriyadagi oliy o`quv yurtlarida 100 dan ortiq grant ajratilishi qayd etildi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni modernizasiya qilish, jumladan, qishloq xo`jaligini sanoatlashtirish, eksport salohiyatini oshirish borasida Vengriya tajribasini tatbiq etish rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda Vengriyadan yuqori malakali ekspertlar guruhi O`zbekistonga keldi.