AsosiyJamiyat

"200 dan ziyod zo`ravonlik va buzg`unchilik izohlari mavjud bo`lgan 54 ta sayt va postlar". AOKA xulosalarini tayyorlamoqda

'"200 dan ziyod zo`ravonlik va buzg`unchilik izohlari mavjud bo`lgan 54 ta sayt va postlar". AOKA xulosalarini tayyorlamoqda'ning rasmi

O`zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xalqaro tashkilotlar O`zbekistonda besoqolbozlar huquqlarini himoya qilib chiqqandan so`ng jamiyatda yuzaga kelgan bir qator tartibsizliklar fonida ijtimoy tarmoqlardagi  LGBT va boshqa shu kabi nomaqbul oqimlar faoliyatini bilib-bilmasdan targ`ib qilish, noqonuniy ko`cha yurishlariga chorlashni to`xtatish bo`yicha rasmiy xabarnomalar yubordi va holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 

"O`zbekistonda inson huquqlari, so`z  erkinligi, fikr yuritish va uni mustaqil ifodalash barqaror rivojlanib, jamiyatda kun-sayin fikrlar, qarashlar xilma-xilligi o`zgarib bormoqda.

Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muhim yo`nalishlardagi turli savollar, shu jumladan nozik masalalar ham jamiyat ishtirokida ochiq-oshkora muhokama qilinmoqda.

So`nggi kunlarda internet tarmog`idagi axborot maydonida aholisining qariyb 94 foizi musulmon bo`lgan O`zbekistonda LGBT g`oyalarini targ`ib qilayotgan Miraziz Bazarovning noqonuniy chaqiruvlari oqibatida jamoatchilik, xususan boshqa bloger va internet foydalanuvchilari tomonidan keskin e`tirozlar, tahdidlar yuzaga kelmoqda.

Agentlik mazkur holatlarni avvaldan tartibga solish maqsadida Facebook va Telegram axborot resurslarida 200 dan ziyod o`ldirish, zo`ravonlik ishlatish tahdidlari yozilgan postlar hamda izohlar mavjud bo`lgan 54 ta veb-saytlar, veb-sahifalar ma`murlari, blogerlarga LGBT va boshqa shu kabi nomaqbul oqimlar faoliyatini bilib-bilmasdan targ`ib qilish, noqonuniy ko`cha yurishlariga chorlashni to`xtatish bo`yicha rasmiy xabarnomalar yubordi.

Bundan tashqari, M.Bazarovning xatti-harakatlari yuzasidan huquqiy baho beruvchi Axborot va kommunikasiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining alohida xulosasi tayyorlandi.

Shuningdek, jamiyat hamda internet faollari, ayrim bloger va jurnalistlarning holat yuzasidan o`z pozisiyalari bildirilgan xulosalari shakllantirilmoqda.

Mazkur xulosalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilikka zid holatlarni bartaraf etish yuzasidan choralar qo`llashda foydalanish uchun yuboriladi.

Agentlik barcha blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar faollaridan jamiyat orasida adovat qo`zg`atuvchi, turli xil nopok g`oyalarni ilgari suradigan  material va postlarni tarqatishdan tiyilishni so`raydi.

Zero, internet tarmog`idan foydalangan holda fuqarolar orasiga nizo solish, zo`ravonlikka chaqirish, g`azabga keltirish va tartibsizliklarni uyushtirish bilan shug`ullanib, g`ayriqonuniy harakatlarni sodir etganlar belgilangan tartibda jazoga tortiladi",–deyiladi AOKA bayonotida.

Ma`lumot o`rnida, joriy yilning 28 mart kuni poytaxtning "Amir Temur xiyoboni"da besoqolbozlarga qarshi provakasion miting o`tkazilgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar