AsosiyJamiyat

Dubay kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiya quradi

'Dubay kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiya quradi'ning rasmi

Energetika vazirligi va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o`rtasida Navoiy viloyati Nurota tumani hududida quyosh elektr stansiyasi (QES) qurish to`g`risida investisiya shartnomasi imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, marosim davomida “Phanes Group” va “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ o`rtasida elektr energiyasini sotib olish to`g`risida bitim imzolandi.

“Phanes Group” va O`zbekiston hukumati o`rtasida QES (IA) va elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitim (PPA) 200 MVt quvvatga ega bo`lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish, egalik qilish va ekspluatasiya qilish uchun texnik va tijoriy shartlarni, shuningdek, 60 km uzunlikdagi 220/110 kV nimstansiyani o`z ichiga oladi.

Ma`lumot uchun, “Phanes Group” bosh ofisi BAAning Dubay shahrida joylashgan bo`lib, u quyosh energiyasi, shuningdek, investisiya va aktivlarni boshqarish sohasida loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug`ullanuvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. “Phanes Group” 2012 yilda tashkil etilgan. Kompaniya moliyaviy va muhandislik tajribasini birlashtiradigan keng qamrovli yondashuvni amalga oshiradi. Buning natijasida, kompaniya quyosh energiyasi sohasida to`liq tayyor echimlarni taklif qiladi.

“Biz bugungi kelishuvda O`zbekiston hukumati va “Phanes Group” xalqaro kompaniyasi o`rtasidagi elektr energiyasini sotib olish va investisiya shartnomalari to`g`risidagi bitimlarni qabul qilamiz. Mamlakatimiz uglerod chiqindilarini kamaytirish va energiya balansimizda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini oshirish strategiyasiga qat`iy amal qiladi. Quyosh energiyasi bu strategiyaning muhim qismi hisoblanib, “Phanes Group” kompaniyasi ushbu loyihaning muvaffaqiyatiga o`z hissasini qo`shadi”, – dedi O`zbekiston Energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xodjaev.

“Phanes Group” quyosh energiyasi sohasida sarmoyalar portfeliga ega va uning geografiyasi ko`plab mamlakatlarni qamrab oladi. Kompaniya rivojlanayotgan bozorlarga, ayniqsa Afrika, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Mustaqil davlatlar hamdo`stligi (MDH) mamlakatlariga alohida e`tibor qaratmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar