1

O`zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksina nega 3 dozada olinadi?

Salomatlik 09.04.2021, 11:50
Teglar: ZF-UZ-VAC2001 vaksina
O`zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksina nega 3 dozada olinadi?

«Zhifei Loncom Biofarmaceutical» kompaniyasi mutaxassisi, olim Lui Peng Fey O`zbekiston–Xitoy hamkorligida yaratilgan vaksina nega 3 dozada olinishiga izoh berdi.

Olimning so`zlariga ko`ra, vaksinasining birinchi dozasini olgandan so`ng 30 va 60 kun o`tganidan keyin tegishli ravishda 2- va 3-dozalar bilan o`z vaqtida emlanish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil bo`lishiga olib keladi.

«Xitoyda ko`ngilli fuqarolar orasida vaksinani klinik sinovlardan o`tkazdik. Tadqiqot kuzatuvlariga ko`ra, ‘ZF-UZ-VAC2001’ vaksinasining birinchi dozasini olgandan so`ng 30 va 60 kun o`tganidan keyin tegishli ravishda 2- va 3-dozalar bilan o`z vaqtida emlanish organizmda virusga qarshi antitanachalarning hosil bo`lishini aniqladik. Aytishim mumkinki, vaksinaning 1-dozasi bilan emlangan fuqaroda virusni qayta yuqtirish ehtimoli mavjud. Biroq 2- va 3-dozalari bilan emlangan fuqarolarda antitanachalar sezilarli ravishda ko`tarilishi olib borilgan tadqiqotlarimizda isbotlandi», — deydi kompaniya mutaxassisi.

Sharhlar

SSV: Xorazmlik ayolning ahvoli og`irlashgani vaksina bilan bog`liq emas

29.08.2021, 14:39

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatida vaksina olgandan so`ng ahvoli og`irlashgan fuqaro haqida videolavha tarqalgach, Sog`liqni saqlash vazirligi ushbu vaziyatni nazoratga olganligi, uning ahvolini o`rganish, bu holat...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1