Muhtaram prezidentimizning 2020 yil 24 noyabrdagi PF-6118-sonli farmonida belgilanganidek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari amalga oshirish yuzasidan farmonda aniq hamda shaffof belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosi davom etmoqda.
Mazkur farmonda hamisha dolzarb bo`lib kelayotgan aliment undiruvlari yuzasidan, 2021 yil 1 martdan boshlab qa`tiy tartib o`rnatilib, ijro hujjatlari bo`yicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshirilishi, bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari bo`yicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtirilishi, hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo`yicha alohida bank hisobvarag`i orqali mazkur bank kartasiga o`tkazilishi belgilandi.
Majburiy ijro byurosining Yashnobod tuman bo`limida ham Farmon ijrosi yuzasidan ijro harakatlari amalga oshirilib kelinmoqda. Bo`lim davlat ijrochilari hamda “Aloqabank” xodimlari bilan birgalikda aliment oluvchilarga yana bir bor Farmon mohiyati tushuntirilib, bank plastik kartalari tarqatilmoqda.
Jumladan, aliment oluvchi fuqarolar A.Gulieva, M.Baqoeva, F.Muxammedova va boshqalarga 200 ga yaqin plastik kartalar taqdim etilgan bo`lib, fuqarolar farzandlar haqqi va kamoli qolaversa fuqarolar manfaatiga ko`rsatilayotgan yordam va g`amxo`rlik uchun minnatdorchilik bildirdilar.