Joriy yilning 14 aprel kuni Toshkent viloyati Yangiyo`l tumanida istiqomat qiluvchi R.Qo`chqarovaning oilaviy og`ir sharoiti va farzandlari uchun bola pulini olishda yuzaga kelayotgan muammolar aks etgan videoblog ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi tomonidan mazkur holat nazoratga olindi. Tez orada ushbu holat yuzasidan batafsil ma`lumot taqdim etiladi.
O`z navbatida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati davlat va jamiyat taqdiriga befarq bo`lmagan, aholimiz turmush darajasi yanada yaxshilanishi yo`lida qilayotgan mehnatlari uchun faol fuqarolarga o`z minnatdorligini bildiradi.