AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: "Men har doim Samarqandni sog`inaman, chunki..."

'Shavkat Mirziyoev: "Men har doim Samarqandni sog`inaman, chunki..."'ning rasmi

Ayni paytda bo`lib o`tayotgan Samarqand viloyati Xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoev mazkur viloyatda rahbarlik qilgan yillarini esladi, deya xabar bemoqda "Darakchi" muxbiri. 

- Men har doim Samarqandni sog`inaman. Chunki, ko`p joylarda ishlagan bo`lsamda, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda ko`p qo`l keladi. Samarqandda hokim bo`lib ishlagan paytlarimni hamisha eslayman. U paytlar muammolar ko`p edi, imkoniyatlar cheklangan edi.

Viloyatda o`zgarish bo`lmayapti, desak noto`g`ri bo`ladi, o`zgarishlar ham bor, albatta. Lekin Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, qachon viloyat aholisining biri ikki bo`ladi, degan savollar meni ko`p qiynaydi", - savol bilan murojaat qildi davlat rahbari. 

"Agar kimdir kelib mavjud muammolarimizni hal qilib beradi, desak adashamiz. Bugungi shiddat bilan o`zgarayotgan zamonda har bir davlat, har bir millat birinchi o`zi haqida qayg`uryapti", -qo`shimcha qildi Prezident.
 

Tafsilotlar haqida yig`ilishda ishtirok etayotgan "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov ma`lum qilib boradi.

"darakchi.uz"ni kuzatib boring!

 Mavzuga doir:
Prezident Samarqandga nega kelganini ma`lum qildi.


Shavkat Mirziyoev: "Samarqandda 223 ming kishi chet elda yuribdi, 174 ming kishi ishsiz. Rahbarlarning vijdoni bo`lsa, oyligimni yarmini shularga o`tkazaman deb aytishi kerak".
 

Samarqandning yangi aeroporti sentyabr oyidan ishga tushadi, qatnovlar soni 10 baravarga oshiriladi
 

Samarqand viloyatining ma`muriy markazi ko`chiriladi — Prezident

    Boshqa yangiliklar