1

O`zbekistonga «afrikancha» shtamm ham kirdi — Bosh vazir

Jamiyat 17.04.2021, 10:46
O`zbekistonga «afrikancha» shtamm ham kirdi — Bosh vazir

Bugun, 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi.

“Biz hali chegaralarimizni yopganimiz yo`q, shuni bilib qo`yinglar. Sababi, barchasini to`xtatib qo`yish uchun asos bo`ladigan xavfni hali ko`rayotganimiz yo`q. Lekin kasallik ko`payishni boshladi, yil boshida kuniga 15ta holat aniqlangan bo`lsa, hozir 300 taga chiqdi.

Infeksiya 6-7 foizda oliy ta`lim muassasalarida va 11-15 foiz holatda umumiy o`rta ta`lim muassasalarida yuqtirib olingan. Bu o`tgan yilgi holat bilan taqqoslanadigan bo`lsa, o`shanda maktab bolalarida bu kasallik yo`q edi. Yil boshida britancha shtamm bolalar o`rtasida tarqaldi, biz qator maktab va bog`chalarni yopishga majbur bo`ldik. Ya`ni, hozir kasallik ham o`z turini o`zgartirib, yanada xavfliroq bo`la boshladi. Avval bolalarga ta`sir qilmagan bo`lsa, hozir aksincha bo`lyapti, hattoki bog`cha bolalariga ham ta`sir qilyapti.

Afrikancha shtamm ham bizga kirdi, buni Ilg`or texnologiyalar markazi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati bilan birgalikda o`rganib, hammasini bir-biridan ajratib chiqdi. Hozir ham juda chuqur tahlil olib borilyapti”, dedi bosh vazir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1