1

Qoidabuzarlarga qonuniy va qat`iy choralar ko`riladi – IIV aholini ogohlantirdi

Jamiyat 18.04.2021, 14:14
Teglar: karantin
Qoidabuzarlarga qonuniy va qat`iy choralar ko`riladi – IIV aholini ogohlantirdi

Avvalroq, Toshkent shahrida bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig`ilishida 18 apreldan karantin qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish yanada kuchaytirilishi haqida xabar bergan edik. 

Shu munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi aholiga murojaat bilan chiqdi. 

“Biz xotirjamlikka berilib, o`z sog`ligimiz haqida o`ylash naqadar muhimligi haqida o`ylamay qo`ydik. Kasallanish holatlarining oshishi, birinchi navbatda oddiy ehtiyot choralariga rioya etmaslik, ya`ni tibbiy niqobdan foydalanmaslik, ijtimoiy masofani saqlamaslik oqibatida yuz bermoqda. Shu munosabat bilan respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko`ra, Respublikamizda joriy yilning 18 aprel kunidan boshlab karantin qoidalari kuchaytiriladi. Ya`ni, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya etish, qo`llarni antiseptiklar bilan zararsizlantirish tadbirlarining nazorati kuchaytiriladi va qoidabuzarlarga nisbatan qat`iy javobgarlik choralari ko`riladi.

Jamoat transportlari 50 foiz sig`imida yo`lovchilar tashiydi va ushbu maqsadda transport vositalari soni oshiriladi. To`y va boshqa marosimlarda 100 kishidan ortiq bo`lmaslik belgilanadi. Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o`rinlar 50 foizgacha cheklanadi. Iftorlik marosimlarini oila a`zolari davrasida o`tkazish tavsiya qilinadi.

Barcha davlat organlari va tashkilotlar yig`ilish va majlislar o`tkazishni keskin qisqartiradi hamda asosiy ishga ta`sir etmagan holda mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib tashkil etish choralarini ko`radi. Anjumanlar va boshqa tadbirlar imkoniyatga ko`ra, asosan onlayn rejimda, masofaviy tarzda o`tkaziladi.

Bog`cha va maktablarda kasallanish holatlari aniqlangan taqdirda ularning faoliyati to`xtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinib, onlayn darsga o`tiladi. Uy sharoitida davolanayotgan bemorlarning xonadonlarida karantin qoidalariga rioya qilish ustidan qat`iy nazorat o`rnatiladi.

Hurmatli fuqarolar, shu kungacha ichki ishlar organlari xodimlari karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan asosan ogohlantirish bilan cheklanayotgan edilar. Bundan buyon qoidabuzarlarga qonuniy va qat`iy choralar ko`riladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.

Sharhlar

Qashqadaryoda 4 ta maktabning 41 nafar o`quvchisida koronavirus aniqlandi

17.09.2021, 23:05

Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanidagi maktablarda ta`lim olayotgan jami 41 nafar o`quvchida koronavirus aniqlangan. Bu haqda tuman Sanitariya-epidemiologiya stansiyasi rahbari ma`lumotiga tayanib QALAMPIR.UZ ga xabar berdi.  Qayd...
Kecha yurtimizda 755 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi

31.08.2021, 10:12

2021 yil 30 avgust holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni156394 (+755) nafarni tashkil etmoqda.Yangi kasallanish holatlarining:83 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,31 nafari Andijon viloyatida,15 nafari...
Umumiy ovqatlanish ob`ektlari faoliyatiga karantin cheklovlari ta`sir qilmaydigan holatlar belgilandi. COVID-19ga qarshi vaksina olmaganlar ishga chiqmaydi

08.08.2021, 19:49

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlarini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda. Joriy yil 2 avgust...
Rasman: O`zbekistonda umumiy ovqatlanish ob`ektlari faqat ochiq maydonlarda ishlashiga ruxsat beriladi

17.07.2021, 23:54

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 28 iyunidan respublika bo`yicha ko`ngilochar ob`ektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter o`yinlari markazlari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1