AsosiyJamiyat

Deputatlar inspektorlarga elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanishda qoida buzganlarni jazolash vakolatini berilishiga qarshi chiqishdi

'Deputatlar inspektorlarga elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanishda qoida buzganlarni jazolash vakolatini berilishiga qarshi chiqishdi'ning rasmi

"Mamuriy javobgarlik to`g`risida"gi kodeksga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish bo`yicha qonun loyihasida  profilaktika inspektorlari  elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog`liq ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish va jazo qo`llash vakolatini berish ham ko`zda tutilgan edi.

Oliy Majlis quyi palatasining deputati Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha,  deputatlarning ko`pchiligi bunga qarshi ovoz berishgan. 

Natijada profilaktika inspektorlariga elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog`liq ma`muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqish va jazo qo`llash vakolati berilmaydigan bo`lgan.  

Qonun loyihasini ko`rib chiqishda deputatlar ushbu vazifalarni profilaktika inspektorlariga o`tkazish ularda asosiy ishidan tashqari ish ko`lamini orttirib,  manfaatlar to`qnashuvi, korrupsion holatlar ko`payishiga sabab bo`lishi mumkinligini bildirishgan.  

Qonun loyihasi tegishli qo`mitaga qaytarilgan.  

 

    Boshqa yangiliklar