16 aprel kuni soat 19:10 larda 36 yoshli N.No`monjon va 31 yoshli T.Asliddinlar Termiz shahrida joylashgan “Xan Sultan” nomli restoranning hovli qismida oila a`zolari bilan alohida stolda ovqatlanib o`tirib, N.No`monjon ularga xizmat ko`rsatayotgan ofisiant 22 yoshli N.Zaxriddin buyurtmani vaqtida olib kelmaganligi sababli, uni haqorat qilib, yuz qismiga bir shapaloq urgan.
Shu vaqtda 37 yoshli T.Zaxriddin, 41 yoshli U.Ismail va 29 yoshli A.Noxidbeklar uni tinchlantirib, bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo`lgan. N.No`monjon esa qaynukasi T.Asliddin bilan bir guruh bo`lib ularga faol qarshilik ko`rsatib, urib-do`pposlab, restoran eshigining oynasi va idish jamlanmalarini urib sindirgan.
Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan N.No`monjon va T.Asliddinlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.
Tergov harakatlari davomida, N.No`monjon va T.Asliddinlar muqaddam bezorilik jinoyatlari uchun sudlanganliklari aniqlangan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.






