Joriy yil 15 aprel kuni Bosh prokuratura Ichki xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi va Departament xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda fuqaro A.J. o`zini Bosh prokuratura Departamentida, yaqin qarindoshi esa Bosh prokuraturada yuqori lavozimda ishlashini qayd etib, fuqaro B.Yu.dan Toshkent viloyati hududida 1,5 gektar er maydoni ajratilishida tegishli qaror chiqartirib berishni va`da qilib, hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga shu kunga qadar 51.100 AQSh dollarini qo`lga kiritib, qolgan 24.000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Ta`kidlash kerakki, gumonlanuvchi A.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun qidiruvda bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Gumondor shaxs prosessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.