1

Chiroqchi tumanida kredit mablag`larini noqonuniy o`zlashtirgan oilaviy korxonalar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 20.04.2021, 12:15
Chiroqchi tumanida kredit mablag`larini noqonuniy o`zlashtirgan oilaviy korxonalar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

“Ch.M.” va “X.F.”oilaviy korxonasi rahbarlari Ch.Yu., G`.X. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritish orqali ATB “Agrobank” Chiroqchi filialidan ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 80 mln so`m hamda “X.F.”oilaviy korxonasiga ajratilgan 100 mln so`m kredit mablag`larini o`zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib o`zlashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1