AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 37 ta qonun hujjatiga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda

'O`zbekistonda 37 ta qonun hujjatiga tegishli o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilmoqda'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida birinchi o`qishda muhokama qilingan “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartib-taomillari turlari qisqartirilganligi hamda soddalashtirilganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida” gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.  

Loyiha bilan lisensiya va ruxsatnomalar sohasini tartibga soluvchi 33 ta qonunga, shuningdek, Jinoyat, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi, Fuqarolik va Soliq kodekslariga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritilishi nazarda tutilmokda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi natijasida lisenziya va ruxsat berish sohasidagi qonun hujjatlari muvofiqlashtiriladi.

Deputatlarning ta`kidlashicha, bu, o`z navbatida, biznes sub`ektlariga keng imtiyoz va engilliklar berish bilan birga, lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda mamlakatda ishbilarmonlik va investisiya muhitini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Muhokamalardan so`ng, loyiha deputatlar tomonidan birinchi o`qishda konseptual jihatdan qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar