AsosiyJinoyat

Oqoltin tumanida sport maktabi binosini ta`mirlash uchun ajratilgan pullar "eb" yuborildi

'Oqoltin tumanida sport maktabi binosini ta`mirlash uchun ajratilgan pullar "eb" yuborildi'ning rasmi

Oqoltin tumanidagi Bolalar va o`smirlar sport maktabi binosini ta`mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Aniqlanishicha,  “I.G.” MChJ rahbari tuman Bolalar va o`smirlar sport maktabi binosini joriy ta`mirlash ishlari bo`yicha tuzilgan hujjatlarga amalda bajarilmagan 75,6 mln so`mlik ish hajmini qo`shib yozganligi, shuningdek maktab sobiq bosh hisobchisi B.E. 41,5 mln so`m byudjet mablag`larini xodimlarga asossiz ravishda ortiqcha to`lab yuborganligi natijasida jami 117,1 mln so`m byudjet mablag`lari o`zlashtirish va rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan MChJ rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar