AsosiyJamiyat

Oltoy Respublikasida qiyin ahvolda qolgan o`zbekistonliklar yuzasidan bayonot berildi

'Oltoy Respublikasida qiyin ahvolda qolgan o`zbekistonliklar yuzasidan bayonot berildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi va Bosh konsulxona vakillari Rossiya Federasiyasining Oltoy Respublikasi Rubsovsk shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida qiyin vaziyatga tushib qolgan o`zbekistonlik mehnat migrantlari holatini o`rgandi. Bu haqda Anaetlik axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, Rubsovsk shahridagi issiqxonalarda 500-700 AQSh dollari miqdorida oylikka, oylik maoshining zarur qismini har oyda avans shaklida, qolgan qismini esa hosil olingandan so`ng to`liq berishga kelishilib, 16 nafar O`zbekiston fuqarosi ishlagan. Ayni paytda ulardan 6 nafari ishlash uchun Rossiyaning boshqa hududlariga ketgan.

Ish beruvchilar va fuqarolar bilan o`tkazilgan suhbat natijasida aniqlanishicha, ish jarayonida majburiy ishlatish holatlari bo`lmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa issiqxonani suv bosib ketgan kuni hosilni saqlab qolish maqsadida ishga chiqilgan holat aks etgan. Bunday holatlar yilda bir yoki ikki marotaba kuzatilishi mumkin.

Ish beruvchi va fuqarolar o`rtasida qayta hisob-kitob qilinganda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda esa aks etganidek fuqarolarning ish beruvchi oldida qarzdorligi aniqlanmadi, aksincha, ish beruvchilar tomonidan fuqarolarga berishi lozim bo`lgan mablag`lar mavjudligi aniqlanib, ushbu oylik maoshlarini hosil olingandan keyin to`liq to`lab berishga kelishildi.

Mavzuga doir:

O`zbekiston Rossiyadagi migrantlarni olib kelish uchun poezd qatnovini yo`lga qo`yadi

"Pasportlar tortib olingan, maosh yo`q..." Rossiyaning “ANTEK” kompaniyasida ishlayotgan o`zbekistonliklar haqida turli xabarlar tarqalmoqda. Mas`ullar holatni o`rgandi

    Boshqa yangiliklar