Prezident videoselektorida tuman va shahar sektor rahbarlari har bir mahallada zamonaviy va engil konstruksiyali “xizmatlar markazi”ni tashkil etishi zarur ta`kidlandi, deya ma`lum qilmoqda “Darakchi” muxbiri.
Shuningdek, 28 ta shahar va aholisi 150 mingdan ko`p 110 ta tuman markazida aholini o`ziga “jalb qiladigan” savdo va xizmatlar uchun maxsus ko`chalar tashkil etish va shu orqali kamida 100 mingta tadbirkorlik sub`ektlarini joylashtirish imkoni mavjud.
Bir oy muddatda tuman va shaharlar markazlarida savdo va xizmat ko`rsatish ko`chalar va markazlarning joyini tanlab, loyihasini ishlab chiqish, ularni lotlarga bo`lib, tanlov asosida savdoga chiqarish bo`yicha mas`ullarga topshiriq berildi. Shu bilan birga, ushbu savdo va xizmat ko`rsatish ob`ektlarini, odamlarga halaqit bermaydigan qilib, kunu-tun (24 soat) ishlashiga ruxsat beriladi.
Viloyat hokimlari ichki ishlar va Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, Bobojonov va Jo`raev bilan birga, ushbu tartibni joriy qilish va ijrosini nazorat qilishga shaxsan mas`ul bo`ladi.
“Viloyat hokimlari mustaqilligimizning 30 yilligi bayramiga qadar viloyat markazlari va shaharlarda 3-4 ta, Jahongir Ortiqxo`jaev esa, poytaxtning 10 ta ko`chasini aholi gavjum, zamonaviy savdo va xizmatlar markaziga aylantirishi shart”, - dedi Prezident.
Mavzuga doir: