Andijon davlat universiteti ham karantinga yopildi. Bu haqda Universitetning ijtimoiy sahifalarida e`lon qilindi.
Xabarda aytilishicha, 2021 yilning 22 aprel sanasidan boshlab, universitetning asosiy hududidagi fakultetlarda o`quv jarayonlari 14 kunga masofaviy ta`lim (online) shakliga o`tkazilgan.
Epidemiologik vaziyat barqarorlashsa, an`anaviy o`quv jarayoniga qaytiladi.