AsosiyJinoyat

Jizzaxlik fuqaro katta pulga chuv tushdi. Firibgar 1 mln evro kredit olib bermoqchi edi

'Jizzaxlik fuqaro katta pulga chuv tushdi. Firibgar  1 mln evro kredit olib bermoqchi edi'ning rasmi

Jizzax viloyatida fuqaroning 98 mln so`m va 27 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.Q va boshqalar fuqaro J.ning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Angren shahrida qurilish ishlarini bajarish uchun tegishli hujjatlarni olib berish hamda beton qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun bank muassasasidan 1 mln evro kredit mablag`i chiqarib berishi evaziga uning 98 mln so`m va 27 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar