Avvalroq, Polsha mezbonlik qilgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina O`ktamova barcha raqibalarini mag`lubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor bo`lib va o`zbek boksi tarixida birinchi jahon chempioni unvoniga sazovor bo`lgani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 26 aprel kuni O`zbekiston boks federasiyasida bo`lib o`tgan tadbirda o`zbek boksi tarixida yangi sahifa ochgan jahon chempioni Nigina O`ktamovaga maxsus sovg`a - "Nexia 3" avtomobili tantanali tarzda sovg`a qilindi.
"Ushbu ko`rsatilgan e`tibordan benihoya xursandman. Bu mamlakatimizda sportga, hususan boksga qaratilayotgan katta e`tiborning samarasi. Biz yoshlarga ishonch bildirib, barcha sharoitlarni yaratib berayotganliklari uchun Prezidentimizga, Turizm va sport vazirligiga, Milliy olimpiya qo`mitasi va albatta O`zbekiston boks federasiyasiga minnatdorchiligimni bildiraman", - dedi Nigina O`ktamova.