AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida 100 ga yaqin ta`lim muassasasi karantinga yopilgan

'Toshkent viloyatida 100 ga yaqin ta`lim muassasasi karantinga yopilgan'ning rasmi

Toshkent viloyat hududida 891 ta umumiy o`rta ta`lim maktabi mavjud bo`lib, joriy yilning 26 aprel kuni holatiga ko`ra, 72 ta umumta`lim maktablarining 100 nafar o`quvchi va 42 nafar o`qituvchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 64 ta maktab to`liq, 8 ta umumta`lim maktabi 11 - sinflari onlayn ta`limga o`tkazildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Viloyatda Maktabgacha ta`lim tashkilotlari 514 ta bo`lib, 9 ta MTT da koronavirus infeksiyasi aniqlangan. 7 ta MTT to`liq, 2 ta guruh onlayn rejimga o`tkazildi.

Shuningdek, Bo`stonliq tumanidagi 1,2-sonli kasb-hunar maktablari, Chirchiq shahridagi Chirchiq tibbiyot texnikumi, ChDPI akademik liseyi, Chirchiq davlat pedagogika Instituti, Toshkent davlat Jismoniy tarbiya Universiteti, 7-sonli musiqa va san`at maktabi, Olmaliq shahridagi MiSIS, I.Karimov nomidagiToshkent davlat texnika Universiteti filialidagi 1 ta guruh hozirgi kunda ish faoliyatini onlayn rejimida olib bormoqda.

Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma`lumotiga ko`ra 26 aprel kuni viloyatda 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar