2021 yilning 23 aprel kuni soat 00:05 da Urganch tumani IIBga fuqaro 37 yoshli P.Oybek “Tiko” rusumli avtomashinasini noma`lum shaxs olib qochganligi haqida xabar bergan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Olib borilgan tezkor-qidiruv va viloyat miqyosida e`lon qilingan to`sib ushlash tadbiri davomida, ushbu avtomashinani muqaddam 3 marotaba sudlangan 63 yoshli O.Allabergan mast holatda olib qochganligi aniqlanib, avtomashinani boshqarib ketayotganida qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.