Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Chorvanasl” markazi Guliston tumani etakchi mutaxassisi M.X. Guliston tumani hokimi o`rinbosari B.S. bilan oldindan til biriktirib, “Ayollar daftari” ro`yxatida turuvchi fuqaro M.ni pora berishga dalolat qilib, unga tuman hokimi o`rinbosari orqali kam ta`minlangan oilalar uchun “Yulduz” massivida qurilayotgan ko`p qavatli arzonlashtirilgan uy-joylardan xonadon oluvchilar ro`yxatiga kiritib qo`yib uy olib berish evaziga firibgarlik yo`li bilan 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Shundan so`ng, M.X.ning ko`rsatuvlariga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, Guliston tuman hokimi o`rinbosari B.S. xizmat mavqeidan foydalanib, yuqoridagi masalada fuqaro M.ga yordam berish evaziga 400 AQSh dollarini M.X.dan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.