2021 yilning 1 may kuni soat 23:30 larda voyaga etmagan 14 yoshli X.Izzatilla Shayxontohur tumani Ilg`or mahallasida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Aviachipta” binosining orqa tomonida bo`la turib, 22 yoshli A.Orifjonga u bilan ikki kun oldin salomlashmaganligini, uni yosh bola ko`rganligini vaj qilib, hech bir sababsiz chap qo`ltiq sohasiga bir marotaba pichoq bilan urib jarohat etkazgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan X.Izzatillaga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.