Joriy yildan boshlab chet tillari bo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichlarga erishgan maktablarni rag`batlantirish uchun Prezident sovrini ta`sis etiladi. Bu haqda Prezident ishtirokidagi videoselektor yig`ilishidan “Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulov xabar bermoqda.
Bunda tuman, shahar, viloyat va respublika darajasida maktablar o`rtasida musobaqalar o`tkaziladi.
Tuman va shahar bosqichida 1-o`rinni olgan maktab 100 million so`m, 2-o`rin –75 million so`m, 3-o`rin – 50 million so`mdan mukofotlanadi.
Viloyat bosqichida 1-o`rin – 250 million so`m, 2-o`rin – 200 million so`m, 3-o`rin – 150 million so`mdan taqdirlanadi.
Respublikadagi eng yaxshi maktab 500 million so`m, 2-o`rindagi – 400 million so`m, 3- o`rindagi – 300 million so`mdan rag`batlantiriladi.
Bundan tashqari, ushbu maktablarning direktorlari va chet tili fani o`qituvchilari davlat mukofotlariga ham tavsiya etiladi.
Mavzuga doir: